Moliya

Kam taʼminlangan oilalarga 179,2 mlrd so‘m QQS qaytarildi

Kam taʼminlangan oilalarga 179,2 mlrd so‘m QQS qaytarildi
Kam taʼminlangan oilalarga 179,2 mlrd so‘m QQS qaytarildi / Foto: Surat sun'iy intellekti tomonidan yaratilgan.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistonda 2026 yilning yanvar–iyun oylarida 651,3 ming nafar isteʼmolchiga umumiy qiymati 179,2 milliard so‘mlik QQS bo‘yicha ijtimoiy keshbek to‘lab berildi. Bu haqda Soliq qo‘mitasi xabar qildi.

Eng katta to‘lovlar Andijon viloyati hissasiga to‘g‘ri keldi. U yerda fuqarolarga 96,3 milliard so‘m qaytarildi. Toshkent shahrida to‘lovlar hajmi 15,2 milliard so‘mni, Samarqand viloyatida esa 14 milliard so‘mni tashkil qildi.

Ijtimoiy keshbek «Yagona ijtimoiy himoya reyestri»ga kiritilgan fuqarolarga taqdim etiladi. Ular chakana savdo obyektlaridan belgilangan turdagi tovarlarni xarid qilganda QQSning 12 foizi qaytariladi. Standart keshbek esa xarid qiymatining 1 foizini tashkil etadi.

Ijtimoiy keshbek mexanizmi 2023 yil 1 maydan amal qilib kelmoqda. To‘lovni olish uchun chekdagi QR-kodni Soliq mobil ilovasi orqali skaner qilish talab etiladi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.