7
Iqtisod

ICG Dubayda 5 million dollarlik eksport şartnomalarini imzoladi

ICG Dubayda 5 million dollarlik eksport şartnomalarini imzoladi
ICG Dubayda 5 million dollarlik eksport şartnomalarini imzoladi / Foto: “Özeltexsanoat” uyuşmasi.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekistonning ICG kompaniyasi Dubayda umumiy qiymati 5 million dollarlik eksport şartnomalarini imzoladi. Kelişuvlar ikki xorijiy kompaniyaga mis fitinglar va quvurlar yetkazib berişni nazarda tutadi.

“Özeltexsanoat” uyuşmasi tarkibiga kiruvçi kompaniya öz mahsulotlarini Birlaşgan Arab Amirliklarida bölib ötgan Big 5 Global 2026 xalqaro körgazmasida namoyiş etdi. Bu haqda “Özeltexsanoat” uyuşmasi xabar berdi.

Uyuşma ma’lumotlariga köra, körgazma doirasida imzolangan kelişuvlar umumiy qiymati 5 million dollarlik mahsulotlarni eksport qilişni nazarda tutadi.

ICG avval ham xalqaro körgazmalarda iştirok etgan. Kompaniya bunday tadbirlardan xorijiy hamkorlar doirasini kengaytiriş va yangi eksport bozorlariga çiqiş maqsadida foydalanadi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.