Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekistonning ICG kompaniyasi Dubayda umumiy qiymati 5 million dollarlik eksport şartnomalarini imzoladi. Kelişuvlar ikki xorijiy kompaniyaga mis fitinglar va quvurlar yetkazib berişni nazarda tutadi.
“Özeltexsanoat” uyuşmasi tarkibiga kiruvçi kompaniya öz mahsulotlarini Birlaşgan Arab Amirliklarida bölib ötgan Big 5 Global 2026 xalqaro körgazmasida namoyiş etdi. Bu haqda “Özeltexsanoat” uyuşmasi xabar berdi.
Uyuşma ma’lumotlariga köra, körgazma doirasida imzolangan kelişuvlar umumiy qiymati 5 million dollarlik mahsulotlarni eksport qilişni nazarda tutadi.
ICG avval ham xalqaro körgazmalarda iştirok etgan. Kompaniya bunday tadbirlardan xorijiy hamkorlar doirasini kengaytiriş va yangi eksport bozorlariga çiqiş maqsadida foydalanadi.