O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O'z Ўз Ру En
Turizm

Fuqarolarning so'rovlarini tezkor qabul qilish uchun Telegram boti ishga tushirildi

Dilafro'z Niyazova · 10.03.2026 · 14:10 · 1109 views
Fuqarolarning so'rovlarini tezkor qabul qilish uchun Telegram boti ishga tushirildi
Fuqarolarning so'rovlarini tezkor qabul qilish uchun Telegram boti ishga tushirildi / Foto: Surat sun'iy intellekti tomonidan yaratilgan.

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Yaqin Sharq mamlakatlariga turoperator va turagentlar xizmatlari orqali sayyohlik maqsadida borgan fuqarolarimiz noqulay vaziyatlarda qolib ketishini oldini olish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi tomonidan maxsus Telegram bot @tourismmurojaatbot ishga tushirildi.

Mazkur bot orqali mamlakatimiz fuqarolari o‘zlari haqida yoki ularning yaqin qarindoshlari tomonidan ma’lumotlarni kiritgan holda Turizm qo‘mitasini xabardor qilishlari mumkin.

Mazkur ma’lumotlar asosida mamlakatimiz fuqarolariga birinchi navbatda O‘zbekiston Respublikasiga olib kelish choralari ko‘rilishi ma’lum qilinadi.

Barcha yurtdoshlarimizni ushbu bot orqali murojaat qoldirishda aniq va to‘liq ma’lumot taqdim etishga chaqiramiz.