O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O‘zbekiston

Davlat rahbarlari O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston do‘stligi timsolini ochdilar

Dilafro'z Niyazova · 31.03.2025 · 14:30 · 673 views
Davlat rahbarlari O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston do‘stligi timsolini ochdilar
Davlat rahbarlari O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston do‘stligi timsolini ochdilar

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Xo‘jand shahrida o‘tayotgan oliy darajadagi tadbirlar dasturiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon va Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov uch mamlakat davlat chegaralari tutashgan hududda Do‘stlik stelasini tantanali ravishda ochdilar.

Uch mamlakat Bosh vazirlari o‘rinbosarlari videoaloqa orqali davlat rahbarlariga qurilish ishlari yakunlangani va obyekt tayyorligi to‘g‘risida axborot berdi.

Ushbu yodgorlik qardosh mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik, ishonch va strategik sheriklik munosabatlari mustahkamlanib borayotganining yangi ramzi bo‘ladi.