“Boysun bahori” xalqaro folklor festivalining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tmoqda
“Boysun bahori” xalqaro folklor festivalining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tmoqda
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Surxondaryo viloyatida milliy madaniyat va boy folklor merosini keng targ‘ib etuvchi “Boysun bahori” xalqaro folklor festivalining tantanali ochilish marosimi boshlandi.
Tadbirni Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov va Turizm qo‘mitasi raisi Abdulaziz Aqqulov ochib berdi.
Rasmiylar va xorijiy mehmonlar bilan birgalikda shahar va tumanlar pavilonlarida milliy hunarmandchilik namunalari, xalq amaliy san’ati hamda an’anaviy turmush tarzini aks ettiruvchi ko‘rgazmalar bilan tanishdi. Ushbu maydonlarda yurtimizning boy madaniy merosi, qadimiy urf-odat va an’analari keng namoyon etilmoqda.
Festival davomida dunyo xalqlarining folklor san’ati, milliy qadriyatlari va an’analari keng jamoatchilikka taqdim etilmoqda. Bu esa turli millat va elatlar o‘rtasida madaniy muloqotni kuchaytirish, o‘zaro hurmat va hamjihatlikni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
“Boysun bahori” xalqaro folklor festivali nafaqat madaniy almashinuv maydoni, balki xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik rishtalarini yanada mustahkamlovchi nufuzli xalqaro platforma sifatida alohida ahamiyat kasb etmoqda.