Xorazm viloyatiga 30 ta yangi avtobus yetkazib berildi
Тошкент, Ўзбекистон (UzDaily.uz) — Xorazm viloyatiga «Bunyod yo‘lovchi tashish» MCHJ tomonidan xarid qilingan 30 ta zamonaviy ZHONGTONG rusumli avtobus yetkazib berildi.
2026 yil boshidan buyon viloyatga yetkazib berilgan yangi avtobuslarning umumiy soni 90 taga yetdi. Bu haqda O‘zbekiston Transport vazirligi xabar berdi.
Yangi avtobuslar yaqin kunlarda Urganch shahrining ichki avtobus yo‘nalishlariga chiqarilishi rejalashtirilgan.
Yo‘lovchi tashish xizmatlari brutto-kontrakt asosida tashkil etiladi.
Avtobuslar parkini yangilash hududlarda jamoat transportini rivojlantirish, transport xizmatlari sifatini oshirish va harakat tarkibini modernizatsiya qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar doirasida olib borilmoqda.
Yangi avtobuslarni yo‘nalishlarga chiqarish yo‘lovchi tashishda qulaylik va xavfsizlikni oshirish, aholiga xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash hamda jamoat transporti tizimi samaradorligini oshirish imkonini berishi kutilmoqda.