Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekistonda belgilangan talablarga javob beradigan pedagoglar uy-joy sotib oliş uçun davlat subsidiyasini olişga Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz yoki MyGov mobil ilovasi orqali onlayn ariza topşirişlari mumkin.
Ariza rasmiylaştiriş uçun portal yoki mobil ilovaga kiriş, «Pedagoglarga uy-joy sotib oliş uçun subsidiya» xizmatini tanlaş, zarur ma’lumotlarni töldiriş va arizani yuboriş lozim.
Hujjatlarni Davlat xizmatlari markazlari orqali ham topşiriş mumkin. Ariza beriş bepul.
2026 yil 19 fevraldagi 69-sonli Vazirlar Mahkamasi qaroriga muvofiq, davlat byudjet mablağlari hisobidan qayta moliyalaştiriladigan ipoteka krediti böyiça boşlanğiç badalning 25 foizini qoplab beradi.
Uşbu subsidiyani oliş uçun 60 yoşga tölmagan, kamida 15 yillik mehnat stajiga va boş öqituvçi lavozimiga mos oliy malaka toifasiga ega pedagoglar talabgor bölişi mumkin.
Dastur maktablar va akademik litseylardan tortib texnikumlar, kollejlar hamda oliy ta’lim muassasalarigaça bölgan barça ta’lim bosqiçlaridagi taşkilotlar xodimlariga tatbiq etiladi.
Subsidiya birlamçi uy-joy bozoridagi kvartiralarni sotib oliş uçun beriladi. Köçmas mulkni ariza beruvçining doimiy yaşaş joyi böyiça xarid qiliş mumkin. Toşkent şahri aholisi uçun istisno nazarda tutilgan: ular Toşkent viloyatidan ham uy-joy sotib oliş uçun subsidiya olişlari mumkin.
Arizalarni körib çiqiş jarayonida pedagogning mehnat staji va hozirgi iş joyi, oliy malaka toifasiga egaligi, kredit tarixi, şuningdek, ariza beruvçi va uning turmuş örtoği nomidagi köçmas mulk töğrisidagi ma’lumotlar tekşiriladi.
Jumladan, ularning nomiga ikki va undan ortiq turar joy obyekti rasmiylaştirilmagan bölişi kerak. Bundan taşqari, er-xotindan heç biri ilgari uy-joy subsidiyasini olmagan bölişi lozim.
Dasturni amalga oşiriş uçun har yili davlat byudjetidan 200 mlrd sömgaça mablağ ajratiş rejalaştirilgan.