Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Yevroosiyo taraqqiyot banki (YOTB) 2027 yilda Özbekistondagi loyihalarga kamida 500 million dollar investitsiya kiritişni rejalaştirmoqda. 2031 yilga kelib, bankning mamlakatdagi jami investitsiyalari hajmi 3 milliard dollarga yetişi mumkin. Bu haqda Yevroosiyo taraqqiyot banki xabar berdi.
Uşbu rejalar YOTB Boşqaruvi raisi Nikolay Podguzov va Özbekiston Boş vaziri örinbosari Jamşid Xöjayev örtasidagi uçraşuvda muhokama qilindi. Muloqot davomida investitsiyaviy hamkorlik istiqbollari hamda bankning 2027–2031 yillarga möljallangan Mamlakat strategiyasi ham körib çiqildi.
Nikolay Podguzovning sözlariga köra, ayni paytda YOTB Özbekistonda amalga oşirilişi mumkin bölgan 10 ta loyihani örganmoqda. Ularga kiritilişi mumkin bölgan investitsiyalarning umumiy hajmi 1 milliard dollardan oşişi mumkin.
«Özbekiston YOTB investitsiya faoliyatining asosiy yönalişlaridan biri hisoblanadi. 2027 yilda Özbekistondagi loyihalarga kamida 500 million dollar investitsiya kiritişni rejalaştirmoqdamiz. Hozirda investitsiyalar hajmi 1 milliard dollardan oşişi mumkin bölgan 10 ta istiqbolli loyihani körib çiqmoqdamiz.
Suveren bölmagan moliyalaştiriş instrumentlaridan foydalaniş davlatning töğridan-töğri qarz yukini oşirmagan holda xususiy va xalqaro kapitalni jalb qiliş imkonini beradi», — dedi YOTB Boşqaruvi raisi.
Tomonlar kelgusidagi hamkorlikning beşta asosiy yönalişini belgilab oldi. Ular qatoriga transport-logistika infratuzilmasi, suv-energetika barqarorligi, sanoat va işlab çiqariş kooperatsiyasi kiradi. Şuningdek, raqamlaştiriş va moliyaviy instrumentlarni kengaytiriş ham ustuvor yönalişlar sifatida belgilandi.
Sönggi yönaliş kiçik va örta biznesni qöllab-quvvatlaş, eksportni moliyalaştirişni rivojlantiriş, yaşil va islomiy moliyalaştiriş imkoniyatlarini kengaytirişni nazarda tutadi.
Uçraşuv iştirokçilari davlat kompaniyalari va xususiy investorlar bilan hamkorlik masalalarini ham muhokama qildi. Xususan, loyihaviy moliyalaştiriş va sindikatlaştirilgan kreditlaş mexanizmlarini qöllaş masalalariga e’tibor qaratildi.
Özbekiston 2025 yilda YOTBga qöşildi. A’zolikka qabul qilinganidan söng mamlakat bankning ustav kapitalidagi 10 foizlik uluşi bilan uçinçi yirik aksiyadoriga aylandi.
2026 yil may oyida YOTB Toşkentda öz vakolatxonasini oçdi va Özbekistondagi operatsion faoliyatini boşladi.
YOTB — Yevroosiyo hududida faoliyat yurituvçi köp tomonlama taraqqiyot banki. U 20 yildan buyon iqtisodiy aloqalarni mustahkamlaş va a’zo mamlakatlarni rivojlantirişga kömaklaşib kelmoqda.
2026 yil iyun oyi oxiri holatiga köra, bankning jamğarilgan loyihalar portfeli umumiy qiymati 22,1 milliard dollar bölgan 348 ta loyihani qamrab olgan. Investitsiyalarning asosiy qismi transport infratuzilmasi, raqamli tizimlar, yaşil energetika, qişloq xöjaligi, sanoat va maşinasozlik sohalaridagi integratsion samaraga ega loyihalarga töğri keladi.
YOTB öz faoliyatida BMTning Barqaror rivojlaniş maqsadlari va ESG tamoyillariga amal qiladi.
Eslatib ötamiz, Özbekiston 2025 yilda Yevroosiyo taraqqiyot bankiga (YOTB) a’zo bölib, bank ustav kapitalidagi 10 foizlik uluş bilan uning uçinçi yirik aksiyadoriga aylangan. 2026 yil may oyida esa Toşkentda bank vakolatxonasi oçilgan.