Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — 2026 yilning yanvar–avgust oylarida O‘zbekistonda 259,4 trln so‘mlik qurilish ishlari bajarildi. O‘tgan yilning mos davriga nisbatan mazkur ko‘rsatkich 11,8 foizga oshdi.
Qurilish ishlari hajmi bo‘yicha Toshkent shahri yetakchi bo‘ldi. Poytaxt hissasiga 88,7 trln so‘mlik qurilish ishlari to‘g‘ri kelgan.
Toshkent viloyatida bajarilgan qurilish ishlari hajmi 24,1 trln so‘mni tashkil etdi. Keyingi o‘rinlarda 15,4 trln so‘m ko‘rsatkich bilan Farg‘ona viloyati va 14,7 trln so‘m bilan Buxoro viloyati qayd etildi.
Qashqadaryo viloyatida qurilish ishlari hajmi 12,8 trln so‘mga, Samarqand viloyatida 12,6 trln so‘mga, Andijon viloyatida esa 12,3 trln so‘mga yetdi.
Xorazm viloyatida 11,8 trln so‘mlik, Namangan viloyatida 11,7 trln so‘mlik, Navoiy viloyatida esa 11 trln so‘mlik qurilish ishlari bajarildi.
Surxondaryo viloyatida mazkur ko‘rsatkich 10,7 trln so‘mni, Qoraqalpog‘iston Respublikasida esa 8,9 trln so‘mni tashkil etdi.
Eng past ko‘rsatkichlar Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida qayd etildi — mos ravishda 6,2 trln va 5,3 trln so‘m.
Maʼlumotlar O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi tomonidan 2026 yil yanvar–avgust oylari uchun taqdim etilgan.