O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O'z Ўз Ру En
Turizm

Qoraqalpog‘istonda xalqaro YONAR festivali o‘tkaziladi

Dilafro'z Niyazova · 04.09.2026 · 15:15 · 41 views
Qoraqalpog‘istonda xalqaro YONAR festivali o‘tkaziladi
Qoraqalpog‘istonda xalqaro YONAR festivali o‘tkaziladi / Foto: Videodan olingan kadr.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — 2026 yil 16–19 sentyabr kunlari Qoraqalpog‘istonning Qo‘ng‘irot tumanidagi “Borsakelmas” sho‘rxogi hududida eksperimental sanʼat va kreativ turizmga bag‘ishlangan xalqaro “YONAR” festivali bo‘lib o‘tadi.

 

Festival zamonaviy sanʼat, ijod, kreativ industriyalar va turizm yo‘nalishlarini birlashtiradi. Tadbirning asosiy maqsadi Qoraqalpog‘istonning tabiiy landshaftlari va turistik salohiyatini xorijiy auditoriyaga taqdim etishdan iborat.

Festival doirasida mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari, blogerlar hamda kontent yaratuvchilar uchun axborot turlari tashkil etiladi. Safarlar davomida tayyorlangan foto va videomateriallarni xalqaro va raqamli platformalarda targ‘ib qilish rejalashtirilgan.

Festival mehmonlari uchun tadbir hududida zarur infratuzilma yaratiladi. Xususan, umumiy ovqatlanish shoxobchalari va sanitariya-gigiyena obyektlari tashkil etiladi, ichimlik suvidan foydalanish imkoniyati taʼminlanadi.

Bundan tashqari, festival hududiga kamida 15 ta o‘tov o‘rnatish rejalashtirilgan.

“YONAR” festivalini o‘tkazish zamonaviy sanʼat va kreativ industriyalar yo‘nalishlarini Qoraqalpog‘istonning tabiiy hamda madaniy salohiyatini turistik targ‘ib qilish bilan birlashtirishga qaratilgan.