O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O'z Ўз Ру En
O‘zbekiston

Oʻzbekiston va Iordaniya 2026-yilga moʻljallangan hamkorlik rejalarini muhokama qilishdi

Dilafro'z Niyazova · 23.12.2025 · 15:30 · 2041 views
Oʻzbekiston va Iordaniya 2026-yilga moʻljallangan hamkorlik rejalarini muhokama qilishdi
Oʻzbekiston va Iordaniya 2026-yilga moʻljallangan hamkorlik rejalarini muhokama qilishdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 22-dekabr kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Baxromjon A’loyevning Iordaniya Hoshimiylar Podshohligining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Demiye Haddad bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Muzokaralar davomida O‘zbekiston-Iordaniya munosabatlarining bugungi holati va istiqbollari yuzasidan atroflicha fikr almashildi. Xususan, 2025-yil davomida siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy, investisiyaviy, madaniy-gumanitar, turizm va ta’lim sohalarida erishilgan asosiy natijalar sarhisob qilindi.

Shuningdek, 2026-yilda ikki tomonlama kun tartibida turgan chora-tadbirlarning samarali ijrosini ta’minlash bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.

Uchrashuvda oliy darajada erishilgan kelishuvlarni izchil amalga oshirish, mavjud imkoniyatlardan to‘liq foydalangan holda o‘zaro manfaatli yo‘nalishlarda aloqalarni yanada mustahkamlash muhimligi ta’kidlandi.