Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston vakili Polina Kudermetova Pekin shahrida o‘tkazilayotgan WTA 1000 turkumidagi turnirning ikkinchi davrasiga yo‘l oldi. Bu haqda O‘zbekiston Tennis federatsiyasi xabar berdi.
Birinchi davra uchrashuvida Kudermetova Xitoy vakili Yesin Mani uch setda mag‘lub etdi. Bahs 6:7, 6:3, 6:2 hisobida O‘zbekiston tennischisi foydasiga yakunlandi.
Shu tariqa, Polina Kudermetova uchrashuv yakunlariga ko‘ra turnirning ikkinchi davrasida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.