7
Iqtisod

Oʻzbekiston Xitoy kompaniyalari bilan energetika loyihalarini muhokama qildi

Oʻzbekiston Xitoy kompaniyalari bilan energetika loyihalarini muhokama qildi
Oʻzbekiston Xitoy kompaniyalari bilan energetika loyihalarini muhokama qildi / Foto: Oʻzbekiston Prezidenti matbuot xizmati.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) —  Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yoqilgʻi-energetika tarmogʻidagi xorijiy investorlar kengashining yigʻilishi doirasida Xitoyning yetakchi kompaniyalari – “CAMCE”, “China Energy” va “Sinoma Energy” rahbarlarini qabul qildi.

Uchrashuvda qayta tiklanuvchi energetika, energiya saqlash, chiqindini qayta ishlash va suv taʼminoti sohalarida qoʻshma loyihalarni ilgari surish masalalari koʻrib chiqildi.

Xitoy kompaniyalarining Andijon viloyatida logistika xabini tashkil etish, agrovoltaikani rivojlantirish hamda neft-gaz sohasidagi loyihalarni amalga oshirish boʻyicha tashabbuslari qoʻllab-quvvatlandi.

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.