Oʻzbekiston Indoneziya uchun ziyorat turizmini rivojlantirmoqda
Oʻzbekiston Indoneziya uchun ziyorat turizmini rivojlantirmoqda
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Indoneziyaliklar uchun O‘zbekiston nafaqat yangi yo‘nalish, balki islom madaniyati va tarixiy meros markazi sifatida katta qiziqish uyg‘otmoqda.
Indoneziyalik sayyohlar, ayniqsa, Samarqand, Buxoro va Xiva kabi qadimiy shaharlarga katta e’tibor qaratmoqda. Ular bu hududlardagi me’moriy yodgorliklar, masjid va madrasalar, shuningdek, Islom sivilizatsiyasiga oid boy meros bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda. Shu bilan birga, ziyorat turizmi ham muhim o‘rin tutib, ko‘plab sayyohlar muqaddas qadamjolarga tashrif buyurishni maqsad qiladilar.
Ziyoratchilar, asosan, Imom Buxoriy maqbarasi, Bahovuddin Naqshband majmuasi hamda Imom Moturidiy maqbarasi kabi muqaddas qadamjolarga tashrif buyurishni maqsad qiladilar. Bundan tashqari Toshkentdagi Islom sivilizatsiyasi markazi va hamda Samarqanddagi Imom Buxoriy Majmuasi ziyoratchilarda asosiy tashrif buyuradigan maskanlariga aylandi. Bu maskanlar islom tarixi va ma’naviyatida muhim o‘rin tutgan bo‘lib, ular Indoneziyalik musulmonlar uchun ma’naviy boyish va diniy bilimlarni chuqurlashtirish imkonini yaratadi. Shuningdek, ziyoratchilar bu yerlarda ibodat qilib, tarixiy muhitni his etish imkoniga ega bo‘ladilar.
O‘zbekistonda ziyorat turizmini rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar, jumladan, infratuzilmaning yaxshilanishi, ziyorat yo‘nalishlari bo‘yicha maxsus turpaketlarning ishlab chiqilishi va xizmat ko‘rsatish sifatining oshishi Indoneziyalik sayyohlar oqimini yanada ko‘paytirmoqda.