O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Moliya

O‘zbekistonda Yevropa investitsiya bankining mintaqaviy ofisi ochiladi

UzDaily · 03.04.2025 · 16:30 · 1156 views
O‘zbekistonda Yevropa investitsiya bankining mintaqaviy ofisi ochiladi

O‘zbekistonda Yevropa investitsiya bankining mintaqaviy ofisi ochiladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Yevropa kengashi Prezidenti Antoniu Koshta va Yevropa komissiyasi Prezidenti Ursula fon der Lyayen huzurida mamlakatimizda Yevropa investitsiya bankining mintaqaviy ofisini ta’sis etish to‘g‘risida bitim imzolandi.

1958-yilda tashkil etilgan Yevropa investitsiya banki Yevropa Ittifoqining yetakchi moliyaviy institutidir.

Ta’kidlash joiz, ofisning Toshkent shahrida ochilishi o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish, O‘zbekistonda va umuman Markaziy Osiyoda "yashil" iqtisodiyot, innovatsion sanoat va zamonaviy infratuzilmani rivojlantirishga jalb etilayotgan investitsiyalar hajmini oshirish imkonini beradi.