O'zbekistonda 2026-yilgi Markaziy Osiyo mototsikl mavsumi boshlandi

O'zbekistonda 2026-yilgi Markaziy Osiyo mototsikl mavsumi boshlandi

O'zbekistonda 2026-yilgi Markaziy Osiyo mototsikl mavsumi boshlandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2026-yil 1-2 may kunlari O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi va Markaziy Osiyo mototsiklchilar assotsiatsiyasi hamkorligida “Markaziy Osiyo Motosezoni 2026” ochilish tadbiri muvaffaqiyatli o‘tkazildi.

Uchinchi bor o‘tkazilayotgan mazkur loyiha Markaziy Osiyo moto madaniyatidagi eng yorqin tadbirlardan biri hisoblanadi va har yili mintaqa mamlakatlaridan yuzlab moto-sayyohlarni O‘zbekistonga jalb qiladi.

Tadbir mamlakatda turizmni rivojlantirish, sayyohlar uchun qiziqarli tadbirlar sonini ko‘paytirish, yoshlar orasida moto-sportni ommalashtirish, qo‘shnilararo do‘stlik va hamkorlik munosabatlarini mustahkamlash hamda mamlakatni barcha turdagi sayyohlar, shu jumladan, moto-sayyohlar uchun ham qiziqarli bo‘lgan davlat sifatida namoyish qilish maqsadida tashkil etildi.

Bu yil O‘zbekiston Markaziy Osiyo mototsiklchilar assotsiatsiyasiga raislik qildi. Tadbirda 300 dan ortiq moto-sayyohlar ishtirok etdi, jumladan Qozog‘istondan, Qirg‘izistondan, Tojikistondan va Rossiyadan 200 nafarga yaqin havaskor va professional mototsiklchilar, shuningdek, Samarqand, Buxoro, Qo‘qon, Farg‘ona, Jizzax va mamlakatimizning boshqa hududlaridan 100 dan ortiq mototsiklchilar qatnashdi.

O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Rossiyadan kelgan mototsiklchilar karvoni davlat bayroqlari bilan Toshkent ko‘chalari bo‘ylab harakatlandi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling