O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasida turizm sohasida hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi

O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasida turizm sohasida hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi

O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasida turizm sohasida hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi raisi Abdulaziz Aqqulov Pokistonning yirik ishbilarmon doiralari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda “Habib Rafiq Ltd. (HRL Group)” kompaniyasi ijrochi direktori Abid Chima boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etdi.

Mazkur muloqotning asosiy maqsadi turizm sohasida ikki tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, investitsiyaviy loyihalarni muhokama qilish hamda Pokistonning yirik kompaniyalari faoliyati bilan yaqindan tanishishdan iborat bo‘ldi.

Uchrashuv davomida qator ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha fikr almashildi. Jumladan, sarguzasht (adventure) turizmi yo‘nalishlarini ikki mamlakat turoperatorlari o‘rtasida targ‘ib qilish, shuningdek, Pokiston, Bangladesh va Hindiston kabi davlatlar ishtirokida xalqaro sport musobaqalari O‘zbekistonda o‘tkazish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, ikki mamlakat o‘rtasida ziyorat turizmini rivojlantirish, media sohasida hamkorlikni kuchaytirish, O‘zbekiston hududida Pokiston investorlari ishtirokida zamonaviy ko‘ngilochar parklar va mehmonxonalar barpo etish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida tomonlar turizm sohasida o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha hamkorlikni kuchaytirishga kelishib oldilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling