O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O'z Ўз Ру En
Turizm

O‘zbekiston va Hindiston turizm sohasida hamkorlikni kengaytiradi

Dilafro'z Niyazova · 31.08.2026 · 16:43 · 34 views
O‘zbekiston va Hindiston turizm sohasida hamkorlikni kengaytiradi
O‘zbekiston va Hindiston turizm sohasida hamkorlikni kengaytiradi / Foto: Oʻzbekiston Prezidenti matbuot xizmati.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston va Hindiston 2026–2028 yillarga mo‘ljallangan turizm sohasida hamkorlik dasturini imzoladi. Hujjat O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi ishtirokida yuqori darajadagi muzokaralar yakunlari bo‘yicha rasmiylashtirildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi xabar berdi.

Dastur ikki mamlakat o‘rtasida turistik almashinuvni kengaytirish, turizm sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish va yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirishni nazarda tutadi.

Erishilgan kelishuvlar doirasida o‘zaro madaniyat haftaliklari, kinofestivallar va turizm bilan bog‘liq boshqa yirik tadbirlarni o‘tkazish rejalashtirilmoqda. Bundan tashqari, tomonlar yangi qo‘shma turistik yo‘nalishlarni ishga tushirish niyatida.

O‘zbekiston va Hindiston fuqarolari uchun 30 kunlik vizasiz rejim joriy etilishiga alohida eʼtibor qaratildi. Ushbu chora mamlakatlar o‘rtasidagi turistik oqimni oshirish, o‘zaro safarlar sonini ko‘paytirish va turizm sohasidagi hamkorlikni yana-da rivojlantirishga xizmat qilishi kutilmoqda.