O‘zbekiston

O‘zbekiston Prezidenti Saudiya Arabistoniga keldi

O‘zbekiston Prezidenti Saudiya Arabistoniga keldi
O‘zbekiston Prezidenti Saudiya Arabistoniga keldi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 11-noyabr kuni amaliy tashrif bilan Ar-Riyod shahriga keldi.

Podshoh Xolid nomidagi xalqaro aeroportda davlatimiz rahbarini shahzoda Muhammad bin Abdurahmon bin Abdulaziz timsolida Ar-Riyod viloyati rahbariyati va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Bugun O‘zbekiston yetakchisi navbatdan tashqari Arab-islom sammitida ishtirok etadi.

Tadbir kun tartibiga muvofiq, G‘azo va Livandagi keskinlikni tez fursatda kamaytirish, mojaroni siyosiy-diplomatik yo‘l bilan hal etish masalalari ko‘rib chiqiladi.

Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.