Shoshilinch
Madaniyat

Oʻzbekiston va Tojikiston Prezidentlari sanʼat ustalarining qoʻshma konsertida ishtirok etdilar

Oʻzbekiston va Tojikiston Prezidentlari sanʼat ustalarining qoʻshma konsertida ishtirok etdilar
Oʻzbekiston va Tojikiston Prezidentlari sanʼat ustalarining qoʻshma konsertida ishtirok etdilar

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon “Oʻzbekiston” xalqaro forumlar saroyida ikki mamlakat sanʼatkorlari ishtirokidagi anʼanaviy konsertni birgalikda tomosha qildilar.

Oʻzbekiston va Tojikiston xalqlarini uzoq oʻtmishga borib taqaladigan munosabatlar, mushtarak maʼnaviy va diniy qadriyatlar, anʼanalar hamda boy madaniy meros bogʻlab turadi.

Har ikki mamlakatda ham asrlar davomida shakllanib kelgan doʻstlik, oʻzaro hurmat va yaxshi qoʻshnichilik anʼanalari asrab-avaylanib, boyib bormoqda.

Ushbu madaniy tadbir buning yaqqol tasdigʻi boʻldi. Konsert dasturida birodar xalqlarimizning betakror va boy madaniyatini aks ettiruvchi milliy musiqa va sahna sanʼatining eng sara asarlari ijro etildi.

Oʻzbekiston va Tojikiston sanʼatkorlari hamda ansambllarining birgalikdagi chiqishlari oʻzaro anglashuv, maʼnaviy yaqinlik va faol madaniy muloqot ramzi boʻldi.

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.