O‘zbekiston

Mirziyoyev Tokayevga harbiy xizmatchilar halok bo‘lgani munosabati bilan taʼziya bildirdi

Mirziyoyev Tokayevga harbiy xizmatchilar halok bo‘lgani munosabati bilan taʼziya bildirdi
Mirziyoyev Tokayevga harbiy xizmatchilar halok bo‘lgani munosabati bilan taʼziya bildirdi / Foto: O'zbekiston Prezidenti matbuot xizmati.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Mirziyoyev Tokayevga harbiy xizmatchilar halok bo‘lgani munosabati bilan taʼziya bildirdi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart Toqayevga va mamlakat xalqiga Kaspiy dengizi hududida o‘tkazilgan harbiy mashg‘ulotlar vaqtida harbiy xizmatchilar halok bo‘lgani munosabati bilan taʼziya yo‘lladi.

Davlat rahbari halok bo‘lganlarning oila aʼzolari va yaqinlariga hamdardlik va qo‘llab-quvvatlash so‘zlarini bildirib, fojiali voqea munosabati bilan hamdardligini izhor etdi.

Hodisa 24 sentyabr kuni Mang‘istau viloyatida Qozog‘iston Harbiy-dengiz kuchlarining mashg‘ulotlari vaqtida sodir bo‘lgan. Qozog‘iston tomoni maʼlumotlariga ko‘ra, 17 nafar harbiy xizmatchi Kaspiy dengizi suvlariga oqib ketgan. Avvalroq bedarak yo‘qolgan harbiylar soni 19 nafar ekani xabar qilingan edi.

Hodisa oqibatida 14 kishi halok bo‘ldi. Yana uch nafar harbiy xizmatchini qutqarishga muvaffaq bo‘lindi.

Qozog‘iston Mudofaa vazirligi maʼlum qilishicha, fojia ob-havo sharoitining keskin yomonlashishi va shamol kuchayishi fonida sodir bo‘lgan.

Harbiy xizmatchilarning halok bo‘lgani munosabati bilan 25 sentyabr kuni Qozog‘istonda umummilliy motam eʼlon qilindi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.