O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O'z Ўз Ру En
O‘zbekiston

Davlatimiz rahbari Samarqandga keldi

Dilafro'z Niyazova · 23.04.2025 · 12:29 · 740 views
Davlatimiz rahbari Samarqandga keldi
Davlatimiz rahbari Samarqandga keldi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23-aprel kuni Samarqand shahriga keldi.

Bugun davlatimiz rahbari Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan uchrashuv o‘tkazadi.

Kunning ikkinchi yarmida turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov tashrif bilan mamlakatimizga keladi. Yetakchilar muzokaralar o‘tkazishi va qator tadbirlarda ishtirok etishi rejalashtirilgan.