O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O'z Ўз Ру En
Turizm

Buxorolik turoperatorlar Surxondaryo salohiyatini o‘rgandi

Dilafro'z Niyazova · 04.09.2026 · 14:40 · 24 views
Buxorolik turoperatorlar Surxondaryo salohiyatini o‘rgandi
Buxorolik turoperatorlar Surxondaryo salohiyatini o‘rgandi / Foto: O'zbekiston Turizm Qo'mitasi.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Buxoro viloyatining yetakchi turoperatorlari uchun Surxondaryo viloyati bo‘ylab axborot turi tashkil etildi. Tashabbus hududning sayyohlik salohiyatini targ‘ib qilish va hududlararo hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan.

Safar davomida Buxoro sayyohlik biznesi vakillari Surxondaryoning tarixiy-madaniy meros obyektlari, qadimiy ziyoratgohlari, tabiiy va ekoturistik diqqatga sazovor joylari, shuningdek, viloyatning sayyohlik infratuzilmasi bilan tanishdi.

Infotur ishtirokchilariga amaldagi sayyohlik yo‘nalishlari, mavjud imkoniyatlar va hududda sohani rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlari haqida maʼlumot berildi.

Safar doirasida Buxoro va Surxondaryo viloyatlari turoperatorlarining uchrashuvi ham bo‘lib o‘tdi. Tomonlar qo‘shma sayyohlik paketlarini ishlab chiqish, turistik mahsulotlarni o‘zaro targ‘ib qilish va hududlar o‘rtasidagi sayyohlar oqimini oshirish masalalarini muhokama qildi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha ishtirokchilar yangi sayyohlik yo‘nalishlarini yo‘lga qo‘yish va ikki viloyat turoperatorlari o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni kengaytirishni taklif qildi. Buxoro viloyatidan Surxondaryoga yo‘l oladigan sayyohlar sonini oshirishga alohida eʼtibor qaratildi.

Tashkilotchilar infotur Buxoro va Surxondaryoning sayyohlik imkoniyatlarini o‘zaro targ‘ib qilish, turizm biznesi vakillari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash hamda ichki turizm yo‘nalishlarini kengaytirishga xizmat qiladi, deb kutmoqda.