O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O‘zbekiston

Birinchi Prezident maqbarasi ziyorat qilindi

UzDaily · 22.03.2025 · 20:30 · 965 views
Birinchi Prezident maqbarasi ziyorat qilindi

Birinchi Prezident maqbarasi ziyorat qilindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev Samarqand shahriga tashrifi yakunida Hazrati Hizr majmuasida bo‘lib, Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov maqbarasini ziyorat qildi.

Qur’on oyatlari tilovat etilib, duo o‘qildi.

Marhumlarning yaxshiliklarini eslash, qabristonlarni obodonlashtirish xalqimizning ezgu qadriyatlaridan. Ushbu maqbara ham Prezidentimiz boshchiligida qurdirilgan, aziz ziyoratgohga aylantirilgan. Muborak Ramazon oyida bunday ezgu amallar barcha joylarda yorqin namoyon bo‘lmoqda.