O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Moliya

Bank nazorati qo‘mitasi iyunda 21 bankni jarimaga tortdi

UzDaily tahririyati · 20.07.2026 · 17:35 · 85 views
Bank nazorati qo‘mitasi iyunda 21 bankni jarimaga tortdi

Bank nazorati qo‘mitasi iyunda 21 bankni jarimaga tortdi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Markaziy banki huzuridagi Bank nazorati qo‘mitasi 2026 yil iyun oyida yettita yig‘ilish o‘tkazib, ularda 34 ta masalani ko‘rib chiqdi hamda tegishli qarorlar qabul qildi.

Kun tartibidagi masalalarning asosiy qismi — 22 tasi ro‘yxatdan o‘tkazish va litsenziyalash bilan bog‘liq bo‘ldi. Qo‘mita oltita kredit tashkilotining ustavlariga kiritilgan o‘zgarishlarni ro‘yxatdan o‘tkazdi, banklarda tekshiruv o‘tkazish uchun auditorlarga uchta malaka sertifikatini berish masalasini ko‘rib chiqdi, mikromoliya tashkilotlarini ro‘yxatdan o‘tkazish va to‘rtta murojaat bo‘yicha to‘lov tashkilotlarini litsenziyalash, kredit tashkilotlari ustav kapitalidagi ulushlarni sotib olish uchun beshta ruxsatnoma berish, shuningdek, tijorat banklari kuzatuv kengashlari, boshqaruvlari aʼzolari hamda boshqa muhim lavozimlarga nomzod bo‘lgan to‘rt nafar shaxs nomzodini kelishish masalalarini ko‘rib chiqdi.

Yana 12 ta masala kredit va to‘lov tashkilotlarining moliyaviy holatiga bag‘ishlandi. Qo‘mita Markaziy bank ko‘rsatmalarining hamda prudensial normativlarning bajarilishi, banklar va nobank kredit tashkilotlarida o‘tkazilgan inspeksiya tekshiruvlari natijalari, shuningdek, taqsimlanmagan foydani taqsimlash masalalarini muhokama qildi.

Ko‘rib chiqilgan materiallar yakunlariga ko‘ra, prudensial normativlarga rioya etmagani va o‘z faoliyatini qonunchilik talablariga muvofiqlashtirmagani uchun 23 ta bankka taʼsir choralari va sanksiyalar qo‘llanilishi mumkinligi haqida ogohlantirish berildi.

Bundan tashqari, qonunchilik talablari buzilgani, shuningdek, inspeksiya tekshiruvlari va o‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar uchun 21 ta bank, bitta mikromoliya tashkiloti va bitta to‘lov tashkilotiga nisbatan jarima sanksiyalari qo‘llanildi.