Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 2026 yil 21 oktyabrda imzolagan özbek alifbosining lotin yozuviga asoslangan yangi varianti töğrisidagi qonun 2027 yil 22 apreldan kuçga kiradi.
Qonun kuçga kirguniga qadar çiqarilgan va alifboning avvalgi variantidagi harflarni öz içiga olgan hujjatlar, milliy valyuta hamda qimmatli qoğozlar öz yuridik kuçini saqlab qoladi va muomalada bölişi mumkin.
Davlat organlari va taşkilotlarining eski ramzlari hamda atributikasi, binolardagi Davlat gerbining börtma tasvirlari, geografik obyektlar nomlari körsatilgan peşlavhalar va yöl körsatkiçlari, şuningdek, Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan röyxatga kiritiladigan boşqa buyumlar va manbalardan ular eskirgunga qadar yoki qonunni amalga oşiriş böyiça maxsus dasturda belgilangan muddatgaça foydalanişga ruxsat etiladi.
Hukumatga ikki oy içida mazkur dasturni işlab çiqiş va tasdiqlaş vazifasi yuklatilgan.
Alifboning yangi varianti 28 ta harf va apostrofdan iborat böladi. Ş va Ç harf birikmalari, şuningdek, Ö va Ğ belgilarining örniga Ş, Ç, Ö va Ğ alohida harflari joriy etiladi. Ng birikmasi esa alifbodan çiqariladi. Avvalgi variantda 26 ta harf va uçta harf birikmasi mavjud edi.
Özbek tili uçun lotin yozuviga asoslangan alifbo 1993 yilda joriy etilgan. Dastlabki variant 33 ta harf va apostrofdan, şuningdek, diakritik belgili harflardan iborat bölgan. 1995 yilda harflarning bir qismi Ş, Ç, Ö, Ğ va Ng birikmalari bilan almaştirilgan, C harfi esa alifbodan çiqarilgan.
Kirill yozuvidan lotin yozuviga töliq ötişni 2000 yilga qadar yakunlaş rejalaştirilgan edi. Biroq hozirgaça Özbekistonda har ikki yozuv tizimidan foydalanib kelinmoqda. 2020 yil oktyabr oyida Prezident özbek tilini rivojlantiriş va til siyosatini takomillaştiriş töğrisidagi farmonni imzolagan. Unda lotin yozuviga ötiş jarayonini yakunlaş ham nazarda tutilgan edi.