O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O'z Ўз Ру En
Texnologiyalar

Xitoy, O‘zbekiston, 5G, IIoT, sanoat interneti, raqamli texnologiyalar, raqamlashtirish, sanoatni modernizatsiya qilish, o‘quv seminari

Dilafro'z Niyazova · 08.09.2026 · 14:00 · 30 views
Xitoy, O‘zbekiston, 5G, IIoT, sanoat interneti, raqamli texnologiyalar, raqamlashtirish, sanoatni modernizatsiya qilish, o‘quv seminari
Xitoy, O‘zbekiston, 5G, IIoT, sanoat interneti, raqamli texnologiyalar, raqamlashtirish, sanoatni modernizatsiya qilish, o‘quv seminari / Foto: O'zbekiston Sanoat hamkorligi va davlat xaridlari agentligi.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Xitoyda 5G va IIoT texnologiyalari bo‘yicha seminar o‘tkazilmoqda / Foto: O‘zbekiston Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi.

4 sentyabrdan 24 sentyabrga qadar Xitoyning Uxan, Chansha va Ichan shaharlarida O‘zbekiston agentligi va uning tizimidagi tashkilotlar vakillari ishtirokida «5G va sanoat internetining asosiy texnologiyalari va ularni qo‘llash» mavzusida o‘quv seminari o‘tkazilmoqda.

O‘quv jarayoni doirasida ishtirokchilar zamonaviy raqamli texnologiyalar va ularni amaliyotda qo‘llash usullarini o‘rganmoqda. Bu haqda tadbir tashkilotchisi xabar berdi.

Seminar davomida O‘zbekiston tomoni vakillari 5G texnologiyalari, sanoat interneti va zamonaviy raqamli yechimlar sohasidagi nazariy hamda amaliy bilimlarini kengaytirmoqda.

O‘rganilayotgan texnologiyalarni amaliyotga joriy etishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Shuningdek, ishtirokchilar Xitoyning sanoatni raqamlashtirish va modernizatsiya qilish sohasidagi tajribasi bilan tanishmoqda.

Dastur zamonaviy texnologik yechimlarni amaliyotda qo‘llash bo‘yicha tajriba almashishni nazarda tutadi. Bundan tashqari, ishtirokchilar zamonaviy texnologik obyektlarga tashrif buyurib, tegishli amaliy yechimlar bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.

Seminar doirasida maʼruzalar va amaliy mashg‘ulotlar ham o‘tkazilmoqda. O‘quv jarayoni 24 sentyabrga qadar davom etadi.