Shoshilinch
Madaniyat

Xalqaro madaniy muloqot: O'zbekiston va Avstriya hamkorlikni mustahkamlamoqda

Xalqaro madaniy muloqot: O'zbekiston va Avstriya hamkorlikni mustahkamlamoqda
Xalqaro madaniy muloqot: O'zbekiston va Avstriya hamkorlikni mustahkamlamoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Vena shahrida O‘zbekiston madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi Gayane Umerovaning Avstriya Federal kanslerining xalqaro masalalar bo‘yicha maslahatchisi Peter Launski-Tiffental bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Tomonlar ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini, jumladan, madaniyat sohasidagi hamkorlik, muassasaviy aloqalarni kengaytirish va xalqaro muloqotni mustahkamlash, shuningdek, musiqa sohasidagi loyihalarni, jumladan, 2027-yildan boshlab Zalsburg festivalida Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatrining doimiy ishtirokini, Albertina va Veltmuzeum bilan muzey loyihalarini amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar.

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.