Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — 23-sentabr kuni Toshkentda VC Party — Markaziy Osiyo investorlari, startap asoschilari, biznes farishtalari va texnologiya bozori yetakchilarining uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.
Tadbir venchur ekotizimi vakillari o‘rtasida norasmiy muloqot, yangi biznes aloqalarini o‘rnatish, istiqbolli hamkorlik va investitsiya imkoniyatlarini muhokama qilish uchun maydon bo‘ladi.
Kechki dasturdan investorlar va startap asoschilari bilan netvorking, welcome drinks, DJ-set, shuningdek, tadbirning rasmiy aviatsiya hamkori — Air Astana tomonidan Xitoyga aviachipta o‘yini o‘rin olgan.
Mehmonlardan biri Toshkentdan Xitoyga borish va qaytish uchun ekonom-klass aviachiptasini qo‘lga kiritadi hamda to‘rtta yo‘nalishdan birini mustaqil tanlashi mumkin: Urumchi, Pekin, Guanchjou yoki Shanxay.
Air Astana bilan hamkorlik xalqaro muloqot va biznes safarlari uchun yanada ko‘proq imkoniyat yaratish, shuningdek, Markaziy Osiyo va Osiyoning asosiy bozorlari o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirishga qaratilgan umumiy maqsadni aks ettiradi.
Tadbir uchun chiptalar cheklangan va ularni VC Party Tashkent rasmiy veb-saytidan sotib olish mumkin.
Aviachipta bir kishi uchun taqdim etiladi. Barcha tegishli soliq va yig‘imlar g‘olib tomonidan to‘lanadi. Tashkilotchilar texnik, tashkiliy yoki boshqa kutilmagan holatlar yuzaga kelgan taqdirda ishtirok etish shartlari, o‘yin o‘tkazish tartibi va muddatlarini o‘zgartirish huquqini o‘zida saqlab qoladi.