Turkiya turizmi diqqat markazida: Anqarada sanoatning kelajagi muhokama qilindi

Turkiya turizmi diqqat markazida: Anqarada sanoatning kelajagi muhokama qilindi

Turkiya turizmi diqqat markazida: Anqarada sanoatning kelajagi muhokama qilindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Anqara shahrida joriy yilning 15–16-aprel kunlari “Turkiy davlatlarda turizmning kelajagini qayta loyihalash: mahalliy ildizlardan globallik sari intilish, ijobiylik va aqlli transformatsiya” mavzusida xalqaro kongress bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbir Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlar turizm sohasiga mas’ul vazirlik va qo‘mitalar rahbarlarini bir maydonga jamladi. Anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi ham faol ishtirok etdi.

Kongress ishida, shuningdek, Vengriya, Ozarbayjon, Turkmaniston va Shimoliy Kipr vakillari hamda Turkiy davlatlar tashkiloti Bosh kotibi Kubanichbek O‘muraliyev ishtirok etdi.

Kongress dasturiga muvofiq “Turkiy davlatlarda turizmning kelajagi” mavzusida tashkil etilgan sessiyada ishtirokchi davlatlar vakillari o‘z ma’ruzalari bilan qatnashib, sohani rivojlantirish bo‘yicha taklif va tashabbuslarini ilgari surdilar.

Qayd etish joizki, Turkiya Respublikasi bilan turizm sohasidagi mavjud hamkorlikni yanada mustahkamlash hamda o‘zaro tajriba almashish nuqtayi nazaridan ushbu kongress muhim ahamiyat kasb etdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling