O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O‘zbekiston

Toshkentda Chery avtomobili to‘qnashuvdan so‘ng Malibu tomiga chiqib qoldi

UzDaily · 17.10.2025 · 17:55 · 1934 views
Toshkentda Chery avtomobili to‘qnashuvdan so‘ng Malibu tomiga chiqib qoldi

Toshkentda Chery avtomobili to‘qnashuvdan so‘ng Malibu tomiga chiqib qoldi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkent shahrida Chery avtomobili yo‘l-transport hodisasidan so‘ng Malibu ustiga chiqib qoldi.

Poytaxt YHXB matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, hodisa 17 oktyabr kuni soat 15:20 larda Yashnobod tumanidagi Maxtumquli ko‘chasida sodir bo‘lgan. YTHda Chery, Malibu-2 va ikkita Cobalt avtomashinalari ishtirok etgan.

Boshqarma maʼlumotlariga ko‘ra, yo‘l-transport hodisasi natijasida hech kim jabrlanmagan.

Hozirda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan hodisa yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

UzDaily · 👁 1934 views · 17.10.2025 · 17:55