Samarqandda Startup Pitch Uzbekistan gʻoliblari eʼlon qilindi
Samarqandda Startup Pitch Uzbekistan gʻoliblari eʼlon qilindi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2026-yil 20–21-may kunlari Samarqand shahrida GSMA M360 Eurasia forumi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Raqamli texnologiyalar vazirligi, Beeline Uzbekistan va VEON hamkorligida tashkil etilgan ushbu yirik forum sun’iy intellekt, raqamli infratuzilma, telekommunikatsiya, innovatsion texnologiyalar, raqamli iqtisodiyot va investitsiya hamkorligi kabi yo‘nalishlarni muhokama qilish uchun global platformaga aylandi.
Forum doirasida Startup Pitch Competition Day: Uzbekistan tashkil etilib, u O‘zbekistonning istiqbolli startaplarini xalqaro investorlar va global ekotizim vakillari bilan bog‘lashga xizmat qildi. Pitch Day GSMA tomonidan IT Park Uzbekistan, IT Park Ventures hamda ITU bilan hamkorlikda amalga oshirildi.
Tadbirning ochilish qismida GSMA CFO’si Luis Esterbruk va IT Park Ventures CEO’si Dalerxon Nodirov so‘zga chiqdi. Hakamlar hay’ati tarkibida GSMA CTO Alex Sinkleyr, Opensignal VP Industry Analysis Silvia Kechiche, KPMG Uzbekistan hamkori Artem Saidov, Future Laboratory Managing Director Medea Janjghava va DOMiNO Ventures Investment Associate Aziza Satibaldiyeva kabi xalqaro ekotizim vakillari ishtirok etdi.
Pitch sessiyada REZVO, AzizAI, EduFuse, NavAI, TAHLEEL va Swipies startaplari o‘z yechimlarini taqdim etdi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra:
1- NavAI — $10,000 investitsiya (IT Park Ventures) va MWC Barcelona 2027 doirasida 4YFN ko‘rgazmasida ishtirok etish imkoniyati (GSMA tomonidan)
2 - EduFuse — $7,000 investitsiya (IT Park Ventures)
3 - AzizAI — $5,000 investitsiya (IT Park Ventures)
Startup Pitch Competition Day: Uzbekistan O‘zbekiston startap ekotizimini xalqaro investorlar, texnologik kompaniyalar va global innovatsion tarmoq bilan bog‘laydigan muhim platforma sifatida yana bir bor o‘z ahamiyatini namoyon etdi.