“Raqamli hukumat” tizimini yanada rivojlantiriladi
“Raqamli hukumat” tizimini yanada rivojlantiriladi
Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — “Raqamli hukumat” tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, quyidagilar Yagona integratsiyalashgan raqamli platforma (Platforma)nijoriy etishning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari etib belgilandi, jumladan:
2028 yil yakuniga qadar davlat organlarining kamida 5 mingtamaʼmuriyfunksiyasini raqamlashtirish;
davlat axborot tizimlarini ishlab chiqish va ekspluatatsiya qilish xarajatlarini kamida 30 foizga qisqartirish va boshqalar.
Platforma quyidagilarni taʼminlashga xizmat qiluvchi “Raqamli hukumat” tizimining texnologik elementi hisoblanadi:
davlat axborot tizimlarini yaratish, rivojlantirish, qo‘llab-quvvatlash va ularning kiberxavfsizligini taʼminlashda yagona arxitektura, standartlar, texnologik va tashkiliy yondashuvlarni qo‘llash;
qayta foydalaniladigan raqamli komponentlar va servislardan foydalanish orqali davlat axborot tizimlarini ishlab chiqishnitezlashtirish, standartlashtirish va xarajatlarni qisqartirish va boshqalar.
2027 yil 1 yanvardan: davlat organlari tomonidan ichki hujjat aylanmasi, qarorlar qabul qilish va kelishish hamda davlat xizmatlarini ko‘rsatish Platforma va uning raqamli komponentlaridan foydalangan holda elektron shaklda amalga oshiriladi;
Platforma doirasida davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlari o‘rtasida maʼlumot almashinuvini osonlashtirish maqsadida ochiq integratsiya(Open API)tamoyili joriy qilinadi.