Qo'shma Shtatlar va O'zbekiston Samarqanddagi Sherdor madrasasini ta'mirlash ishlarini yakunladilar

Qo'shma Shtatlar va O'zbekiston Samarqanddagi Sherdor madrasasini ta'mirlash ishlarini yakunladilar

Qo'shma Shtatlar va O'zbekiston Samarqanddagi Sherdor madrasasini ta'mirlash ishlarini yakunladilar

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — AQSh Davlat kotibining jamoatchilik diplomatiyasi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sara Rojers, O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi Gayane Umerova hamda AQShning O‘zbekistondagi elchisi Jonatan Henik Samarqanddagi Registon maydonida joylashgan Sherdor madrasasi peshtoqini restavratsiya qilishning birinchi bosqichi yakuniga bag‘ishlangan marosimda ishtirok etdi.

AQShning Madaniy merosni asrash bo‘yicha elchilar jamg‘armasi (AFCP) ko‘magida amalga oshirilayotgan loyiha uch bosqichdan iborat bo‘lib, Sherdor madrasasining tarixiy peshtog‘i, mozaikalari, mayolika bezaklari, dekorativ elementlari va kufiy yozuvlarini saqlab qolish, shuningdek, restavratsiya sohasi mutaxassislarining kasbiy salohiyatini oshirishga qaratilgan. Marosim doirasida restavratsiya ishlarining birinchi bosqichi natijalari taqdim etildi.

O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi hamda AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi madaniyat va madaniy merosni asrash sohasidagi qo‘shma tashabbuslarni yanada rivojlantirishni nazarda tutuvchi besh yillik hamkorlik yo‘l xaritasini ham imzoladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling