O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Turizm

Qirg‘iziston o‘zbekistonliklar uchun eng ommabop xorijiy yo‘nalishga aylandi

UzDaily tahririyati · 18.07.2026 · 15:25 · 36 views
Qirg‘iziston o‘zbekistonliklar uchun eng ommabop xorijiy yo‘nalishga aylandi

Qirg‘iziston o‘zbekistonliklar uchun eng ommabop xorijiy yo‘nalishga aylandi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — 2026 yilning yanvar–iyun oylarida O‘zbekistonning 3,5 million nafar fuqarosi turistik maqsadlarda xorijga safar qildi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Idora maʼlumotlariga ko‘ra, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan xorijga amalga oshirilgan turistik safarlar soni 2,5 ming nafarga oshgan.

Joriy yilning birinchi yarim yilligida O‘zbekiston fuqarolari uchun eng ommabop yo‘nalish Qirg‘iziston bo‘ldi. Mazkur mamlakatga 1 547 589 nafar fuqaro tashrif buyurgan. Ikkinchi o‘rinni 667 722 nafar turist bilan Qozog‘iston, uchinchi o‘rinni esa 619 515 nafar fuqaro borgan Tojikiston egalladi.

Eng talab yuqori bo‘lgan o‘nta yo‘nalish qatoriga, shuningdek, Rossiya (183 759 nafar), Saudiya Arabistoni (153 591 nafar), Turkiya (127 241 nafar), Birlashgan Arab Amirliklari (41 780 nafar), Xitoy (36 502 nafar), Misr (25 905 nafar) va Vyetnam (23 409 nafar) ham kirdi.

Statistika maʼlumotlari xorijga safarlarning eng katta qismi hamon Markaziy Osiyoning qo‘shni davlatlariga to‘g‘ri kelayotganini ko‘rsatmoqda. Uzoqroq xorijiy yo‘nalishlar orasida esa Rossiya, Saudiya Arabistoni va Turkiya eng talab yuqori bo‘lgan mamlakatlar bo‘lib qolmoqda.