O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

Oʻzbekiston va Germaniya isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish va raqobatni rivojlantirish boʻyicha qoʻshma chora-tadbirlarni muhokama qildi

UzDaily · 08.04.2025 · 17:10 · 680 views
Oʻzbekiston va Germaniya isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish va raqobatni rivojlantirish boʻyicha qoʻshma chora-tadbirlarni muhokama qildi

Oʻzbekiston va Germaniya isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish va raqobatni rivojlantirish boʻyicha qoʻshma chora-tadbirlarni muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Raqobat qo‘mitasi hamda German Sparkassenstiftung for International Cooperation rahbariyati o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida tomonlar German Sparkassenstiftung‘ning O‘zbekistondagi yangi loyiha rahbarini tanishtirish, shuningdek, o‘zaro hamkorlikning istiqbollari va yo‘nalishlari haqida fikr almashdilar. Ayniqsa, isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish va raqobatni rivojlantirish sohasidagi hamkorlik shakllariga alohida eʼtibor qaratildi.

Uchrashuv yakunlarida tomonlar esdalik sovg‘alari almashib, o‘zaro hamkorlikni mustahkamlashga bo‘lgan intilishini yana bir bor tasdiqladilar.

UzDaily · 👁 680 views · 08.04.2025 · 17:10