Oʻzbekiston va Yaponiya IT mutaxassislarini tayyorlashni boshlaydi

Oʻzbekiston va Yaponiya IT mutaxassislarini tayyorlashni boshlaydi

Oʻzbekiston va Yaponiya IT mutaxassislarini tayyorlashni boshlaydi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Tokio shahrida Raqamli texnologiyalar vazirligi va FPT Consulting Japan Co., Ltd ishtirokida AT mutaxassislarini tayyorlash va AT sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan Anglashuv memorandumi imzolandi.

Mazkur hamkorlik doirasida O‘zbekistonda raqamli iste’dodlarni rivojlantirish uchun 1 million AQSh dollari miqdorida grant ajratilishi ko‘zda tutilgan.

Muzokaralarda Yaponiya bozori uchun raqobatbardosh AT mutaxassislar tayyorlash, qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish, masofaviy xizmatlar ko‘rsatish imkoniyatlarini kengaytirish hamda raqamli xizmatlar eksportini oshirish masalalari muhokama qilindi.

Hamkorlikning alohida yoʻnalishi IT sohasiga, yapon biznes madaniyatiga mos keladigan professional va kommunikatsiya koʻnikmalarini rivojlantirishga va mutaxassislarni yapon kompaniyalarida ishlash uchun tayyorlashga qaratilgan yapon tilini oʻqitish boʻladi.

Ushbu hamkorlik Oʻzbekistonning global IT xizmatlari bozoridagi mavqeini mustahkamlash va raqamli iqtisodiyotning eksport salohiyatini kengaytirish yoʻlidagi qadam sifatida qaralmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling