Oʻzbekiston va Stem International togʻ turizmini muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va Stem International togʻ turizmini muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va Stem International togʻ turizmini muhokama qilishdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Fransiya Respublikasiga amalga oshirilgan xizmat safari doirasida O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi raisi o‘rinbosari S.Bobokalonov “Stem International” kompaniyasi Prezidenti – bosh direktori Vinsent Tassar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida O‘zbekistonda, xususan Toshkent viloyati va Jizzax viloyatida amalga oshirilayotgan tog‘ turizmi loyihalari muhokama qilinib, zamonaviy kurort infratuzilmasini rivojlantirishda xalqaro kompaniyalarning ishtirokini kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi. 

Shuningdek, kompaniyaning muhandislik, loyihalash va infratuzilma yechimlari sohasidagi tajribasini inobatga olgan holda, ustuvor turizm hududlarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunlariga ko‘ra, tomonlar hamkorlikni yanada rivojlantirish va aniq loyihalar doirasida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish yuzasidan muloqotlarni davom ettirishga kelishib oldilar.

“Stem International” — muhandislik va infratuzilma loyihalarini amalga oshirishga ixtisoslashgan xalqaro kompaniya bo‘lib, transport, energetika va turizm sohalarida kompleks yechimlar ishlab chiqish va joriy etish bilan shug‘ullanadi. Kompaniya yirik investitsiya va qurilish loyihalarini loyihalash, boshqarish va amalga oshirish bo‘yicha tajribaga ega.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling