O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Madaniyat

Oʻzbekiston va Italiyaning Arsenal kompaniyasi jahon darajasidagi turizm loyihasini ishga tushirmoqda

UzDaily · 17.06.2026 · 09:20 · 35 views
Oʻzbekiston va Italiyaning Arsenal kompaniyasi jahon darajasidagi turizm loyihasini ishga tushirmoqda

Oʻzbekiston va Italiyaning Arsenal kompaniyasi jahon darajasidagi turizm loyihasini ishga tushirmoqda

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida Markaziy Osiyodagi birinchi lyuks poyezd – “Samarkand Express” loyihasini muvofiqlashtirish bo‘yicha uch tomonlama hadli bitim imzolandi.

Bitimni “Arsenale International” bosh direktori Raffaele Breski, O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi Gayane Umerova va “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari Xikmatulla Raxmetov imzoladi.

Hujjat O‘zbekistonning madaniy va turizm salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan loyihani muvofiqlashtirish va amalga oshirish mexanizmlarini belgilab beradi.

Yangi hashamatli poyezd Toshkent, Samarqand, Buxoro va Xivani bog‘lab, xalqaro sayyohlar uchun mamlakatning tarixiy merosi va Buyuk Ipak yo‘li yo‘nalishlari bilan tanishishning yangi shaklini yo‘lga qo‘yadi.

UzDaily · 👁 35 views · 17.06.2026 · 09:20