O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Texnologiyalar

Oʻzbekiston Raqamli texnologiyalar vazirligi va Qatarning MBK Holding kompaniyasi sunʼiy intellekt va kiberxavfsizlik sohalaridagi loyihalarni muhokama qilishdi

UzDaily · 20.06.2026 · 12:30 · 29 views
Oʻzbekiston Raqamli texnologiyalar vazirligi va Qatarning MBK Holding kompaniyasi sunʼiy intellekt va kiberxavfsizlik sohalaridagi loyihalarni muhokama qilishdi

Oʻzbekiston Raqamli texnologiyalar vazirligi va Qatarning MBK Holding kompaniyasi sunʼiy intellekt va kiberxavfsizlik sohalaridagi loyihalarni muhokama qilishdi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Qatarning MBK Holding asoschisi va boshqaruv raisi Shayx Mansur bin Xalifa Ol Tani bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Dastlab mehmonlarga O‘zbekistonning raqamli iqtisodiyot va AT sohasidagi islohotlari yuzasidan taqdimot o‘tkazildi. Xususan, IT Park Uzbekistan faoliyati, mamlakatda yaratilgan AT-ekotizim, xorijiy investitsiyalarni jalb etish, startaplarni qo‘llab-quvvatlash, AT-xizmatlar eksportini kengaytirish hamda xalqaro kompaniyalar uchun yaratilayotgan qulay shart-sharoitlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, IT Park rezidentlari soni, eksport ko‘rsatkichlari, autsorsing xizmatlari bo‘yicha amalga oshirilayotgan dasturlar taqdim etildi.

Shundan so‘ng UZINFOCOM tomonidan raqamli hukumat infratuzilmasini rivojlantirish, davlat axborot tizimlarini modernizatsiya qilish, ma’lumotlarni qayta ishlash markazlari faoliyati, bulutli texnologiyalar, kiberxavfsizlikni ta’minlash hamda sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan loyihalar yuzasidan taqdimot o‘tkazildi. Mehmonlar mamlakatning raqamli transformatsiya jarayonlari, davlat xizmatlarini raqamlashtirish bo‘yicha erishilgan natijalar va istiqboldagi loyihalar bilan tanishtirildi.

Shundan so‘ng uchrashuvda sun’iy intellekt, kiberxavfsizlik, data-markazlar, raqamli infratuzilma hamda yuqori texnologik loyihalarni amalga oshirish istiqbollari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, O‘zbekistonning yosh va malakali kadrlar salohiyati, ularni xalqaro kompaniyalar ehtiyojlariga mos tayyorlash hamda innovatsion iqtisodiyot uchun inson kapitalini rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, qatarlik investorlar uchun yaratilayotgan huquqiy va infratuzilmaviy imkoniyatlar, masofaviy xizmatlar yo‘nalishlari hamda sun’iy intellekt va kiberxavfsizlik bo‘yicha hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

MBK Holding 1969-yilda Dohada tashkil etilgan bo‘lib, raqamli texnologiyalar va startaplarni qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishlarida faoliyat yuritadi. Xolding bugungi kunga qadar 100 dan ortiq investitsiya loyihalarini amalga oshirgan hamda dunyoning bir qator mamlakatlarida o‘z vakolatxonalariga ega.

UzDaily · 👁 29 views · 20.06.2026 · 12:30