Oʻzbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamgʻarmasi Saudiya Arabistoni bilan hamkorlikni muhokama qildi
Oʻzbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamgʻarmasi Saudiya Arabistoni bilan hamkorlikni muhokama qildi
Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi delegatsiyasi Saudiya Arabistoni Podshohligi Ommaviy madaniy tadbirlar hay’atining sarmoya masalalari bo‘yicha mudiri Nоra Ol-G‘vаyz xonim bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv doirasida Saudiya Arabistoni tomoni Ommaviy madaniy tadbirlar hay’ati faoliyatining asosiy yo‘nalishlari, jumladan, “Riyod fasllari” va “Bulvard Olami” kabi eng yirik umummilliy loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha taqdimot o‘tkazdi.
Tomonlar Saudiya Arabistonida O‘zbekiston haftaligini o‘tkazish, o‘zbek teatr, opera va balet jamoalarining gastrollarini tashkil etish, zamonaviy san’at va kreativ sanoat sohalarida ham qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollarini muhokama qildilar.
Unda “Boulevard World” loyihasiga alohida e’tibor qaratildi. Tomonlar ushbu loyiha doirasida O‘zbekistonning madaniy merosi, hunarmandchiligi, turizmi va milliy gastronomiyasini targ‘ib etish, shuningdek, undan ikki mamlakat o‘rtasidagi madaniy aloqalarni yanada mustahkamlash uchun doimiy maydon sifatida foydalanish imkoniyatlarini ko‘rib chiqdilar.