Shoshilinch
Madaniyat

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Nasiba Madraximova vafot etdi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Nasiba Madraximova vafot etdi
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Nasiba Madraximova vafot etdi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Nasiba Madraximova 81 yoshida vafot etdi. U 20 yildan ortiq vaqt davomida Muqarram Turg‘unboyeva nomidagi “Bahor” davlat xalq raqs ansamblining yetakchi yakkaxoni bo‘lib faoliyat yuritgan.

Nasiba Madraximova o‘zbek xoreografiya sanʼati rivojiga salmoqli hissa qo‘shgan. Ijodiy faoliyati davomida u milliy raqs maktabining yorqin namoyandalaridan biriga aylandi va o‘z faoliyatini nafaqat sahnaga, balki yosh ijrochilarni tayyorlashga ham bag‘ishladi.

Sanʼatkor shogirdlari bilan ishlash jarayonida ularga o‘zbek xalq raqsining anʼanalari va o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rgatib, raqqoslarning bir necha avlodini tarbiyaladi.

Xoreografiya sanʼatini rivojlantirishga qo‘shgan ko‘p yillik hissasi uchun Nasiba Madraximova «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist» faxriy unvoni bilan taqdirlangan.

Uning yuksak sahna mahorati va sanʼatga bo‘lgan fidoyiligi milliy madaniyat tarixida o‘chmas iz qoldirdi.

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.