O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O'z Ўз Ру En
Madaniyat

O'zbekistonda musiqani saqlash loyihasi boshlandi

Dilafro'z Niyazova · 23.08.2026 · 18:10 · 41 views
O'zbekistonda musiqani saqlash loyihasi boshlandi
O'zbekistonda musiqani saqlash loyihasi boshlandi / Foto: UZCARD.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi UZCARD to‘lov tizimi hamda “iz” bilan hamkorlikda O‘zbekiston musiqiy merosini asrab-avaylash va ommalashtirishga qaratilgan “O‘zbekiston musiqa merosi” (“Uzbekistan Music Heritage”) loyihasini taqdim etdi.

Loyiha doirasida “iz”ning ilk vinil nashri – Sherali Jo‘rayevning “Oq Qayin” taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Loyiha madaniyat va zamonaviy texnologiyalar sohasidagi sa’y-harakatlarni birlashtirib, o‘zbek musiqasining salmoqli tasma yozuvlarini saqlash va tarqatishda yangi sahifa ochadi.

Ishonch va qo‘llab-quvvatlaganlari uchun Sherali Jo‘rayevlar oilasidan alohida minnatdormiz.