O‘zbekistonda kompyuterlar bilan taʼminlanish oshdi
O‘zbekistonda kompyuterlar bilan taʼminlanish oshdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Milliy statistika qo‘mitasining uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari maʼlumotlariga ko‘ra, 2025 yilda O‘zbekistonda har 100 ta xonadonga o‘rtacha 76 ta shaxsiy kompyuter to‘g‘ri kelgan.
Ko‘rsatkich aholining shaxsiy kompyuterlar bilan taʼminlanganlik darajasi so‘nggi yillarda barqaror o‘sib borayotganini ko‘rsatmoqda.
Yillar kesimida ko‘rsatkich quyidagicha shakllangan:
2010 yil — har 100 ta xonadonga 12 ta kompyuter;
2015 yil — 47 ta;
2020 yil — 60 ta;
2025 yil — 76 ta.
Maʼlumotlar mamlakatda uy xo‘jaliklarining raqamli texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlari kengayib borayotgani va raqamli infratuzilma darajasi o‘sib borayotganini aks ettiradi.