O'zbekistonda endi onlayn raqam o'tkazish imkoniyati mavjud

O'zbekistonda endi onlayn raqam o'tkazish imkoniyati mavjud

O'zbekistonda endi onlayn raqam o'tkazish imkoniyati mavjud

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O'zbekistonda mobil raqamni boshqa shaxsga telekommunikatsiya operatori ofisiga bormasdan masofadan o'tkazish imkoniyati joriy etildi.

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz)da mobil aloqa foydalanuvchilari uchun yana bir qulaylik yo’lga qo’yildi. Endi mobil raqamni boshqa shaxs nomiga onlayn rasmiylashtirish mumkin.

Avvallari raqam egasini o‘zgartirish uchun har ikki tomon (sotuvchi va oluvchi) aloqa operatori markaziga shaxsan borishi, navbat kutishi va hujjatlar imzolashi talab etilardi. Endi bu jarayon raqamlashtirildi.

Xizmatning ishga tushirilishi ma'muriy protseduralarni soddalashtirish va raqamli davlat xizmatlariga o'tish orqali xizmatni olish uchun zarur bo'lgan vaqtni qisqartirishga qaratilgan.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling