O‘zbekistonda aloqa xizmatlari hajmi 51,9 trln so‘mga yetdi
Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistonda 2026 yil yanvar–iyun oylarida aloqa va axborotlashtirish xizmatlari hajmi 51,9 trillion so‘mni tashkil etdi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 22,1 foizga ko‘p. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi maʼlum qildi.
Eng katta ulush kompyuter dasturlash xizmatlari hissasiga to‘g‘ri kelib, ularning hajmi olti oy davomida 25,1 trillion so‘mga yetdi.
Telekommunikatsiya xizmatlari hajmi 14 trillion so‘mni, axborot sohasi xizmatlari hajmi esa 8,6 trillion so‘mni tashkil qildi.
Hisobot davrida aloqa va axborotlashtirish sohasidagi boshqa xizmatlar hajmi 4,3 trillion so‘mga teng bo‘ldi.