O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Madaniyat

O‘zbekiston va Turkiya gumanitar aloqalarni mustahkamlaydi

Dilafro'z Niyazova · 29.04.2025 · 20:00 · 5390 views
O‘zbekiston va Turkiya gumanitar aloqalarni mustahkamlaydi
O‘zbekiston va Turkiya gumanitar aloqalarni mustahkamlaydi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Oʻzbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi Gayane Umerova Turkiya Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Ufuk Ulutash Janobi Oliylari bilan uchrashdi.

Tomonlar ikki mamlakat o‘rtasidagi madaniy hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini muhokama qilib, tarixiy va gumanitar rishtalarni mustahkamlash muhimligini ta’kidladilar.

Suhbat chog‘ida Jamg‘armaning ustuvor tashabbuslari, jumladan, Buxoroda Jadidlar tarixi muzeyini tashkil etish hamda Toshkentda saqlanayotgan Hazrati Usmon Musʼhafini restavratsiya qilish masalalari ko‘rib chiqildi.