O'zbekiston va MegaSec kiberxavfsizlik va sun'iy intellektni muhokama qilishdi

O'zbekiston va MegaSec kiberxavfsizlik va sun'iy intellektni muhokama qilishdi

O'zbekiston va MegaSec kiberxavfsizlik va sun'iy intellektni muhokama qilishdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov MegaSec kompaniyasi direktori Gabil Gasymov boshchiligidagi delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida kiberxavfsizlik, sun’iy intellekt, axborot infratuzilmasini himoya qilish sohalaridagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi. 

Tomonlar raqamli transformatsiya jarayonida axborot xavfsizligini ta’minlash, mahalliy mutaxassislar salohiyatini oshirish va zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladilar.

Muloqotda O‘zbekistonda kiberxavfsizlik sohasida kadrlar tayyorlash, malaka oshirish va qayta tayyorlash tizimini rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. 

Tomonlar AI cloud infratuzilmasini rivojlantirish va “Cybersecurity Center”tashkil etish tashabbuslari yuzasidan fikr almashdilar.

Uchrashuvda shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, kritik axborot infratuzilmasini muhofaza qilish hamda kiberxavfsizlik sohasidagi masalalar ham muhokama qilindi. 

Qayd etilganidek, sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalarni joriy qilish sur’ati jadal o‘sib borayotgan bir paytda, kiberxavfsizlik tizimlarini ham shunga mos ravishda rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling