O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Madaniyat

O‘zbek IT-platformasi itAntares Kannda namoyish etildi

UzDaily · 23.05.2026 · 21:50 · 1957 views
O‘zbek IT-platformasi itAntares Kannda namoyish etildi

O‘zbek IT-platformasi itAntares Kannda namoyish etildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 79-Kann xalqaro kinofestivali doirasida O‘zbekistonda ishlab chiqilgan itAntares filmlar distributsiyasi uchun mo‘ljallangan IT-platforma taqdim etildi.

Platforma IT Park Uzbekistan tarkibiga kiruvchi OSG PLUS kompaniyasi tomonidan yaratilgan bo‘lib, kinomahsulotlarni xalqaro miqyosda tarqatish jarayonlarini soddalashtirish va modernizatsiya qilishga qaratilgan.

Taqdimot dunyodagi eng yirik kinobozor hisoblangan M

arché du Film maydonida bo‘lib o‘tdi. Joriy yilda ushbu tadbirda 16 mingdan ortiq ishtirokchi, 1700 dan ziyod xaridor va 600 dan ortiq ko‘rgazma kompaniyalari qatnashdi.

Ishlab chiquvchilar itAntares‘ni kinoindustriya uchun raqamli ekotizim sifatida taqdim etdi. Platforma distributsiya jarayonlari va bozor ishtirokchilari o‘rtasidagi hamkorlikni soddalashtirishga, shuningdek global kinobozor uchun texnologik yechimlarni taklif etishga qaratilgani taʼkidlandi.

UzDaily · 👁 1957 views · 23.05.2026 · 21:50